Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning qaysi viloyatida doimiy aholi soni eng ko‘pligi ma’lum qilindi
Hududlar kesimida 2024 yil boshiga doimiy aholi soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasida 2024 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni qariyb 36,8 mln kishini tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida doimiy aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4,2 mln kishi.
Undan keyingi o‘rinlardan doimiy aholi soni mos ravishda 4,06 mln kishi hamda 3,5 mln kishini tashkil etgan Farg‘ona viloyati va Qashqadaryo viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Andijon viloyati – 3,3 mln kishi;
- Namangan viloyati – 3,06 mln kishi;
- Toshkent viloyati – 3,05 mln kishi;
- Toshkent shahri – 3,04 mln kishi;
- Surxondaryo viloyati – 2,8 mln kishi;
- Buxoro viloyati – 2,04 mln kishi;
- Qoraqalpog‘iston R. – 2 mln kishi;
- Xorazm viloyati – 1,9 mln kishi;
- Jizzax viloyati – 1,5 mln kishi;
- Navoiy viloyati – 1,07 mln kishi;
- Sirdaryo viloyati – 914 ming kishi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
12:50 / 29.01.2026
O‘zbekiston aholisi 38,2 milliondan oshdi
10:53 / 29.01.2026