Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning yangi elchisi Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Fariddin Nasriyev Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyonga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Foto: Dunyo
Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, savdo, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, kommunikatsiyalar, turizm hamda madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Eron TIV rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda barcha yo‘nalishlarda – siyosat, parlamentlararo aloqalar, savdo va iqtisodiyot, innovatsiyalar va qishloq xo‘jaligida, madaniy-gumanitar sohada yangi darajaga ko‘tarilganini qayd etdi.
Eron tashqi ishlar vaziri elchiga mas’uliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Tomonlar, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqdi.
Fariddin Nasriyev 2015-2023 yillarda mamlakatning Erondagi elchisi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev o‘rniga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
08:22
Eronda Nobel mukofoti laureati 7,5 yil qamoqqa hukm qilindi
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:02 / 07.02.2026
Ummon: AQSh va Eron o‘rtasidagi “yadroviy” muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlandi
21:59 / 06.02.2026