20:58 / 24.01.2024
3043

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi mumkin. 

Foto: Sputnik

«O‘zgidromet» agentligi 25−31 yanvar kunlari qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi. 

Xabarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlari, jumladan: 

- Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

- Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi. 

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Top