15:18 / 18.02.2024
7872

O‘zbekistonning turli hududlarida aholida qancha yengil mashina borligi ochiqlandi

Hududlar orasida eng ko‘p yengil mashina Toshkent shahrida, eng kam Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olingan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli yengil mashinalar soni 3 mln 759 ming 045 donani tashkil etadi.

2023 yilda jismoniy shaxslarga tegishli yengil mashinalar soni 362 525 taga oshgan.

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil mashinalar soni eng ko‘p Toshkent shahrida, eng kam Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olingan.

Hududlar kesimida aholiga tegishli yengil mashinalar soni quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston – 161 926 ta;
  • Andijon viloyati – 271 885 ta;
  • Buxoro viloyati – 241 855 ta;
  • Jizzax viloyati – 109 657 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 297 305 ta;
  • Navoiy viloyati – 109 274 ta;
  • Namangan viloyati – 247 032 ta;
  • Samarqand viloyati – 417 165 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 233 675 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 75 116 ta;
  • Toshkent viloyati – 414 645 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 354 858 ta;
  • Xorazm viloyati – 226 721 ta;
  • Toshkent shahri – 597 931 ta.

Avvalroq, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni 4 mln donadan oshgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, respublikada har 1 000 kishiga 98 ta yengil mashina to‘g‘ri kelishi aytilgandi.

Top