O‘zbekiston | 17:38 / 21.02.2024
8058
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Tatariston bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi.

So‘ng yetakchilar 21 fevral–3 mart kunlari Qozonda o‘tkaziladigan «Kelajak o‘yinlari» birinchi xalqaro multisport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid