08:00 / 02.03.2024
11187

Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori tayinlandi

Oybek Mannonov Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. 

Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, Oybek Mannonov 1986 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy - huquqshunos.

U 2009 yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2017 yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan. 2020 yilning fevral oyidan buyon Toshkent shahar prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan.

Top