Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Rossiyaning Ukraina sharqidagi hujumi to‘xtatildi
Zelenskiy frontdagi vaziyatni oxirgi uch oyga qaraganda ancha yaxshi baholamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining sharqdagi hujumi to‘xtatilgan, ular ko‘plab samolyotlarini yo‘qotib, oldinga siljiy olmayapti.
Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning sharqiy frontdagi hujumi to‘xtatilganini aytdi. 11 mart, dushanba kuni fransuz ommaviy axborot vositalari - Le Monde gazetasi va BFM TV telekompaniyasiga bergan intervyusida u frontdagi hozirgi vaziyat so‘nggi uch oydagidan ancha yaxshi ekanini ta’kidladi.
«Artilleriya o‘q-dorilari, havo hujumidan mudofaa, uzoq masofaga uchuvchi qurollarning yetishmasligi va rus dronlari tufayli qiyinchiliklarga duch keldik. Biz Rossiya aviatsiyasiga qarshi yaxshi ishladik, sharqdagi vaziyatni tikladik va Rossiyaning hujumi to‘xtatildi», dedi aytdi.
Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari Avdiyivkani vayron qilib, Ukraina hududlarini egallashga muvaffaq bo‘lganini, biroq endi ular ko‘p sonli samolyotlarini yo‘qotgani uchun oldinga siljiy olmasligini ta’kidladi.
Ukraina qurolli kuchlari Rossiya hujumini butunlay to‘xtata olishiga ishonasizmi, degan savolga javob berar ekan, Ukraina davlati rahbari bu masalada realist bo‘lish zarurligini ta’kidladi. «Biz bu urush davom etayotganda ishonch hosil qila olmaymiz, g‘alaba qozonganimizda shunday bo‘lamiz, - dedi Volodimir Zelenskiy. - Nega men ijobiy pozitsiyada emasman? Chunki ertaga, bir hafta yoki bir oy ichida rossiyaliklar yana million o‘q-dori olishi mumkin, lekin biz kutayotganlar narsalar esa kelmayapti».
Mavzuga oid
09:02
AQSh va Ukraina: tinchlikka erishish to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyaga bog‘liq
02:36
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
13:45 / 05.12.2025