15:48 / 27.03.2024
6601

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan o‘qituvchilar soni ma’lum qilindi

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

2023-2024-o‘quv yili boshida mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2019-2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.

Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:

  • 2019-2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
  • 2020-2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
  • 2021-2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
  • 2022-2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
  • 2023-2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar.
Top