20:23 / 02.04.2024
25457

Urganch tumanida ikkita guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olindi

Guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarni jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib hal qilishga uringan. 

Foto: IIB axborot xizmati

Xorazm viloyatining Urganch tumanida ommaviy janjalning oldi olindi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, 31 mart kuni IIB Tezkor-qidiruv xizmatiga Urganch tumani, «Bog‘dorchi» mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqaro o‘zaro guruh-guruh bo‘lib janjallashishni rejalashtirgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan viloyat IIB va DXX boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu guruhlar o‘rtasida rejalashtirilgan o‘zaro janjalning oldi olingan. Aniqlanishicha, ushbu ikki guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarni jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib hal qilishga uringan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 9 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan, shuningdek hodisa ishtirokchisi bo‘lgan yana 6 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddalariga (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olingan.

Mavzuga oid
Top