17:58 / 10.04.2024
15617

Orenburg oblastining suv toshqini vaqtidagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Orenburg oblastida bahorgi toshqin oqibatlari ko‘rsatilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi. Kadrlar Amerikaning tijoriy sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini olib boradigan Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Bunga birinchi bo‘lib «Ozodlik radiosi» e’tibor qaratdi. 10 aprel kuni taqdim etilgan suratlarda Orenburg oblastidagi qator aholi yashash manzillari, jumladan regionning ma’muriy markazi Orenburg ham ko‘rsatilgan.

Mavsumiy suv toshqinlari regiondagi ko‘plab shaharlar va posyolkalarga ta’sir qildi, vaziyat Orskdagi to‘g‘onlar buzilishi tufayli yanada og‘irlashdi. Maxar toshqindan eng jiddiy talafot ko‘rgan Orsk tasvirlarini taqdim etmagan — ushbu shahar usti qalin bulut qatlami bilan to‘silgan. Tasvirlar 3–9 aprel kunlari olingan.

Ural daryosi bo‘yida joylashgan Orenburg. 2024 yil 3 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Orenburg, 2024 yil 3 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Orenburg-2 harbiy aerodromi hududi, 2024 yil 3 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Orenburg-2 aerodromi hududidagi turar joylar, 2024 yil 3 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Kurmanayevskiy rayonidagi Andreyevka qishlog‘i. U Buzuluk daryosining chap sohilida joylashgan. 2024 yil 8 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Andreyevka qishlog‘i, 2024 yil 8 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Akbulak posyolkasi Uralga quyiluvchi irmoqlaridan biri bo‘lgan Ilek daryosi vodiysida joylashgan, 2024 yil 3 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Akbulak posyolkasi, 2024 yil 3 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Sorochinsk Volga irmog‘i Samara daryosining chap sohilida joylashgan. 2024 yil 9 aprel
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
Sorochinsk. 2024 yil 9 aprel
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyaning «Roskosmos» davlat korporatsiyasi 8 aprel kuni Orenburg oblastining 3-5 aprel kunlari olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qildi.

Ural daryosi bo‘yida joylashgan Orsk, 2024 yil 5 aprel
Roskosmos
Orenburg yaqinidagi Krasnoxolm qishlog‘i, 2024 yil 5 aprel
Roskosmos
Orenburg oblasti janubidagi Ilekskiy va Sol-Ilekskiy rayonlari, bu hududdan Ural daryosi oqib o‘tadi, 2024 yil 3 aprel
Roskosmos

Orenburg oblastida 4 apreldan buyon bahorgi toshqinlar tufayli e’lon qilingan favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. Nisbatan og‘ir vaziyat Orskda yuzaga kelgan, bu yerda 6 aprelga o‘tar kechasi to‘g‘onlar buzilishi ro‘y bergan va yetti mingga yaqin turar joy va hovlilarni suv bosgan. Orenburgda 9 aprel kuni kechqurun Ural daryosida suv sathi 930 santimetrlik xavfli darajaga yetdi, 10 aprel kuni soat 12:00 da suv sathi 1000 santimetrni tashkil etayotgandi. Orenburgda ikki mingga yaqin uylar va tomoraqalarni suv bosgan. 

Top