07:50 / 17.04.2024
4644

Toshkentda taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi 

«Bektemir» YPX maskanida taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Joriy yilning 15 aprel kuni Bektemir tumanidagi «Bektemir» YPX maskanida profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan

Uning davomida 23 yoshli J.X. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish davomida gap-so‘zidan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Haydovchi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda jigarrang, o‘tkir hidli, mumsimon modda topilgan. 

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan.

Top