11:33 / 18.04.2024
12066

Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi

Dushanbe aeroportida O‘zbekiston prezidentini Tojikiston rahbari Imomali Rahmon kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga bordi.

Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi. O‘zbekiston prezidentini kutib olishda Tojikiston yoshlari va ijodiy jamoalari vakillari ham qatnashdi.

So‘ng prezident “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi.

Oliy darajadagi muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy darajadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadi.

Tashrif dasturida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda Made in Uzbekistan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar forumi, O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Toshkent shahrida Rektorlar forumi va Dushanbe shahrida biznes forumi o‘tkazilgan edi.

Top