Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qolyapti
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3 mlrd dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 2,8 mlrd hamda 937,7 mln dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Turkiya – 656,3 mln;
- Koreya – 544,1 mln;
- Fransiya – 337,1 mln;
- Germaniya – 268,1 mln;
- Turkmaniston – 235,2 mln;
- Afg‘oniston – 224,8 mln;
- Hindiston – 213 mln.
Mavzuga oid
07:42 / 02.10.2025
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
22:45 / 29.09.2025
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochildi
19:20 / 27.09.2025
Xitoy raqamli yuanni xalqaro maydonga olib chiqmoqda – bu orqali dollarga qaramlikni kamaytirmoqchi
16:49 / 25.09.2025