Sport | 21:53 / 03.05.2024
18154
1 daqiqa o‘qiladi

Nodirbek Abdusattorov – Shvetsiyadagi turnir g‘olibi bo‘ldi

U asosiy davrada 4,5 ochko to‘pladi va Arjun Erigaysi hamda Peter Svidler bilan bir xil ochko jamg‘ardi. Tay-brek bahslarida esa Nodirbek ikkala raqibini ham mag‘lub eta oldi va chempionga aylandi.

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan «Tepe Sigeman-2024» chempioniga aylandi.

19 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi asosiy davrada 4,5 ochko to‘plab, taybrekda rossiyalik Peter Svidler hamda hindistonlik Arjun Erigaysini mag‘lubiyatga uchratib, turnirda tengsiz bo‘ldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov mart oyi yakunlari bo‘yicha FIDE reytingida (Elo reytingi) to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgandi. U 2765 ochko to‘plab, amaldagi jahon chempioni, xitoylik Din Lijyen (2762) va boshqa mashhur shaxmatchilardan o‘zib ketgan. Dunyo reytingida ko‘p karra jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen 2830 ochko bilan birinchi o‘rinda joylashgan.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston shaxmatchilari orasida reyting bo‘yicha rekord sohibi hisoblanadi. Ungacha faqat Rustam Qosimjonov eng yuqori natijani ko‘rsatib, 2715 ochko bilan 11-o‘rinni egallagan.

Mavzuga oid