08:47 / 06.05.2024
3003

O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?

2024 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 226 tani tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan, 4 576 tasi qo‘shma korxonalar va 9 650 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

— Rossiya – 3 019 ta;
— Xitoy – 2 501 ta;
— Turkiya – 1 886 ta;
— Qozog‘iston – 1 102 ta;
— Janubiy Koreya – 727 ta;
— AQSh – 311 ta;
— Tojikiston – 307 ta;
— Qirg‘iziston – 280 ta;
— Ozarboyjon – 236 ta;
— Germaniya – 220 ta;
— Turkmaniston – 187 ta.

Top