Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda YPX xodimidan yo‘lovchilari bilan birga qochgan taksichi jazolandi
U yo‘l-patrul xizmati inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, avtomashinasini yo‘lovchilari bilan birga noma’lum tomonga haydagan. Keyinchalik, yo‘lovchilarni notanish joyda tushirib ketgan.

Xorazm viloyati, Urganch shahrida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, yo‘lovchilari bilan birga qochgan taksichi ushlandi va jazolandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Gentra rusumli avtomashina haydovchisi 2 may kuni Urganch shahrining Gurlan ko‘chasida yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tib, svetoforning qizil chirog‘ida yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagidan harakatlangan.
YPX inspektori tomonidan unga to‘xtash ishorasi berilgan. Haydovchi qonuniy talabni bajarmay, to‘xtamasdan, katta tezlikda harakatlanib, noma’lum tomonga ketib qolgan.
Qayd qilinishicha, avtomashina ichida yo‘lovchilar ham bo‘lgan, ular haydovchidan yo‘lda tushirib qoldirishni iltimos qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada avtomashina old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi haydovchidan to‘xtashni so‘ragani, biroq, haydovchi mashinani to‘xtatmagani, so‘ngra yo‘lovchi oynani sindirishga uringani ko‘rinadi. Keyinchalik haydovchi yo‘lovchilarni Yangibozor tumanidagi notanish joyga tashlab ketgan.
Shundan keyin ular haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan. Xorazm viloyati IIB tomonidan haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir necha moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan, avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahri sudi haydovchini BHM 12 baravari (4 mln 80 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

14:58 / 17.07.2025
Xorazmda saksovulfurushlarni ta’qib qilgan inspektorlar kaltaklandi

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025