09:15 / 17.05.2024
1922

Dam olish maskanlariga soliq imtiyozlari berilmoqda

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalar dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Prezident tomonidan “Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi

Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

  • zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni respublika hududiga olib kirish QQSdan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi;
  • kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, «Turizm to‘g‘risida»gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra,  kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilmoqda.

Top