10:23 / 17.05.2024
3411

O‘zbekiston elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Ravshan Usmonov kecha Londonda Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qiroli Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: Dunyo

«Dunyo» xabariga ko‘ra, rasmiy marosimdan keyingi suhbatda qirol Charlz III O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur hurmat va iliq tilaklarini bildirdi

Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi dinamikasi yuqori baholandi. Ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. 

Suhbat yakunida Britaniya qiroli O‘zbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni yanada yaxshilash borasidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. 

O‘zbekistonning yangi elchisi Ravshan Usmonov 2023 yilning 14 noyabr kuni Londonga kelgan edi. Bungacha u mamlakatning Malayziyadagi elchisi lavozimida ishlagan.

Top