Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Koreyaga yana bir aviakompaniya ilk parvozni amalga oshirdi
Bugun O‘zbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent – Inchon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Foto: Dunyo
Endilikda Qanot Sharq aviakompaniyasi haftasiga ikki marotaba (dushanba/payshanba) muntazam yo‘lovchi qatnov reyslarini amalga oshiradi.
100 yo‘lovchidan iborat "Airbus" A-321 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Inchon xalqaro aeroportga kelib qo‘ndi (Toshkentda – 5.30). Mazkur aviakompaniya xizmatlaridan foydalangan janubiy koreyalik yo‘lovchilar parvozdan mamnun ekanliklarini va mavjud aviakompaniyalar safining kengayishi O‘zbekistonga turistlar sonining ortishiga xizmat qilishini ta’kidladilar. Hozirgi kunda Toshkent–Inchon–Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab haftasiga 11 reys (Uzbekistan Airways – 7 ta va Asiana Airlines – 4 ta) amalga oshirilib kelinmoqda.
13-15 iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida oliy darajadagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya sammiti bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
15:10 / 17.12.2025
Toshkentda O‘zbekiston–Koreya strategik sherikligi muhokama qilindi
13:07 / 17.12.2025
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi
19:52 / 06.12.2025
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
09:35 / 21.11.2025