Andijon viloyati SSB boshlig‘i o‘zgardi
So‘nggi vaqtlarda boshqarmaga rahbarlik qilib kelgan Azizbek Mirzajonov lavozimini tark etgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Shohruxmirzo Olimjonovich Mamajonov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shohruxmirzo Mamajonov 2006 yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2009 yil magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qon quyish stansiyasida uslubchi-vrach sifatida boshlagan.
Turli yillarda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xususiylashtirish va pulli xizmatni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining tibbiy xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Sh. Mamajonov Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Andijon viloyati SSB boshlig‘i lavozimida shu vaqtgacha Azizbek Mirzajonov ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:37
-
Surxondaryoda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9,5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 12:23
-
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston | 12:06
-
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

18:31 / 11.03.2025
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

14:43 / 11.03.2025
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

19:30 / 04.03.2025