Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon bozorida neft narxi 2021 yildan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Bir kun ichida neft fyucherslari qariyb 4 foizga arzonlashdi, ikki hafta ichida esa qiymati 15 foizga tushib ketdi. Natijada neft bozori Ukrainadagi urushdan oldingi darajaga qaytdi.
Foto: Getty Images
Ukrainadagi urushdan keyin narxlar oxirgi 14 yilda maksimumga chiqib ketgan jahon neft bozori qulashni boshladi. 10 sentabr kungi savdolarda Brent markali neftning barreli uchun 70 dollardan kamroq taklif etildi, hatto uning narxi 68,68 dollargacha tushdi — bu 2021 yil 1 dekabrdan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Bir kun ichida neft fyucherslari qariyb 4 foizga arzonlashdi, ikki hafta ichida esa qiymati 15 foizga tushib ketdi. Natijada neft bozori urushdan oldingi darajaga qaytdi: 2021 yilda Brent markali neftning barreli 60-70 dollar oralig‘ida edi.
Ukrainaga uyushtirilgan hujumning dastlabki haftasida neft narxi maksimumga chiqqandi: 2022 yil 7 mart kuni Brent kotirovkalari barreli uchun 139 dollargacha ko‘tarilgan bo‘lib, shundan buyon uning qiymati ikki barobardan ortiqqa tushib ketdi. Rossiyaning Urals markali nefti narxi esa 60 dollarni tashkil etgan, iyul oyida u 75 dollardan sotilayotgan edi.
Neft bozori asosiy importchi — Xitoy iqtisodiyoti sekinlashgani tufayli qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Ikkinchi chorakda Xitoy YaIM 4,7 foizni tashkil etgan, bu yanvar-martdagi ko‘rsatkichdan past (5,3 foiz edi) — kompartiya esa yiliga 5 foizli o‘sishni talab qiladi.
Xitoy tomonidan neft importi birinchi yarim yillikda 11 foizga tushib ketgan, iyul oyida esa oxirgi ikki yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan — kuniga 10 million barrel.
Mavzuga oid
07:42 / 02.10.2025
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
22:45 / 29.09.2025
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochildi
19:20 / 27.09.2025
Xitoy raqamli yuanni xalqaro maydonga olib chiqmoqda – bu orqali dollarga qaramlikni kamaytirmoqchi
16:49 / 25.09.2025