Yevropa kompaniyalari Xitoy bilan biznesini qayta ko‘rib chiqmoqda
Ko‘pgina Yevropa kompaniyalari uchun Xitoyda biznes qilish tobora kamroq jozibador bo‘lib bormoqda. Pekinda Yevropa Ittifoqi Savdo palatasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, xavflar ortib bormoqda va foyda kamaymoqda.
Yevropa korxonalari Xitoydagi biznes faoliyatini tobora ko‘proq qayta ko‘rib chiqmoqda. «Xavflar ortib bormoqda va foyda kamayib bormoqda. Hozirda ko‘plab investorlar Xitoy bozoridagi muammolari uzoq muddatli bo‘lishi mumkinligi haqidagi reallikka duch kelishmoqda», deyiladi Yevropa Ittifoqi Savdo palatasi 11 sentabr, chorshanba kuni e’lon qilgan tadqiqotda.
Xitoyda faoliyat yuritayotgan 1700 ta Yevropa kompaniyalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Yevropa korxonalari orasida eng katta tashvish XXRning hozirgi iqtisodiy zaifligidir. Yana bir muhim muammo - bu Xitoy hukumatining geosiyosiy keskinlik va noaniq tartib-qoidalari fonida Xitoyda ishbilarmonlik muhiti tobora siyosiylashuvi.
Xitoy iqtisodiyoti hali kovid pandemiyasi oqibatlaridan qutulgani yo‘q
Koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan cheklovlar bekor qilinganidan keyin Xitoy iqtisodiyoti to‘liq tiklangani yo‘q. Mamlakatda iste’mol muhimi hali ham past, ko‘chmas mulk inqirozi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, yoshlar ishsizligi yuqori. XXR rahbariyati joriy yil uchun iqtisodiy o‘sishni besh foizga prognoz qilmoqda, biroq ekspertlar bu prognozlarni ambitsiyali deb hisoblamoqda.
Iyul oyida Xitoy Kommunistik partiyasi islohotlarni ilgari surish to‘g‘risida qaror qabul qildi, biroq o‘shandan beri aniq qarorlar e’lon qilinmadi. KKP markaziy qo‘mitasining plenumida qabul qilingan dastur, «xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishlari ortib borayotgan bir sharoitda, xususiy sektorga emas, balki davlat sektoriga ustunlik berilishi mumkinligini» ko‘rsatadi, deb ta’kidlaydi Yevropa Ittifoqining Xitoydagi Savdo palatasi.
Xorijiy kompaniyalar Xitoyning kontrrazvedka va xalqaro munosabatlar sohasidagi qonunlari tufayli tobora ko‘proq muammoga duch kelmoqda. «Bu ko‘proq huquqiy xavfsizlikni ta’minlaydigan boshqa bozorlarning jozibadorligini oshiradi», deya xulosa qiladi Yevropa Ittifoqi Savdo palatasi. Shu bilan birga, u Xitoy hali ham «muhim salohiyat»ni saqlab qolganini tan oladi.
Mavzuga oid
17:13 / 20.12.2024
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishining boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi
12:46 / 20.12.2024
Xitoyda «Temiryo‘lkargo» yuk operatorining vakolatxonasi ochildi
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
18:35 / 19.12.2024