O‘zbekiston | 07:50 / 23.09.2024
2870
1 daqiqa o‘qiladi

Bank siri sohasidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

“Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Foto: Pinterest

Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash belgilanmoqda.

Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, “Markaziy bank to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, shuningdek banklar, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Mavzuga oid