Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda Burger King’ning 5 milliondan ortiq mijoziga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
Burger King tezkor ovqatlanish restoranlar tarmog‘i mijozlarining ma’lumotlari internetga sizib chiqib ketdi.
Foto: TASS
Burger King tezkor ovqatlanish restoranlar tarmog‘i mijozlarining ma’lumotlari internetga sizdirildi. Gap 2018 yil 31 maydan 2024 yil 25 avgustgacha mobil ilova orqali buyurtmalarni amalga oshirgan 5,6 million foydalanuvchi haqida ketmoqda.
Qayd etilishicha, buyurtmachilarning ismlari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, tug‘ilgan kun sanalari, jinsi, yashash shahri va sevimli taomiga oid ma’lumotlar tarqalib ketgan.
Burger King’ning ma’lum qilishicha, hakerlar Mindbox marketing platformasini buzib kirish orqali bir nechta kompaniyaning mijozlariga oid ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘lgan. Tarqalgan ma’lumotlar orasida foydalanuvchilarning to‘lov rekvizitlari yo‘q. Mindbox xizmatlaridan shuningdek, Rostic’s, «Yakitoriya» va «Tanuki» kompaniyalari ham foydalanib keladi.
Rossiyaliklarga oid ma’lumotlar tarmoqda tez-tez tarqalib turadi. «Roskomnadzor»ga ko‘ra, 2024 yilning dastlabki olti oyida shu kabi 73 ta holat aniqlangan — 600 milliondan ortiq qaydlar internetda tarqatilgan. O‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 200 millionni tashkil etgan.
DLBI tahlilchilarining aytishicha, yarim yil davomida rossiyaliklarga tegishli 140 millionta mobil raqam, 46 millionda takrorlanmas e-mail manzillar ochiq tarmoqqa chiqib ketgan.
O‘g‘irlangan ma’lumotlar Telegramʼdagi botlar va darknetdagi maxsus saytlarda to‘planadi. Bu turdagi servislar yodamida insonga oid barcha ma’lumotlarni bilib olish mumkin. Bunday bazalardan firibgarlar keng ko‘lamda foydalanib keladi.
Mavzuga oid
17:59 / 17.12.2025
Burger King O‘zbekistonda faoliyat boshladi
08:40 / 25.07.2025
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
23:49 / 29.04.2025