Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi
Yevropa huquq-tartibot idoralari xodimlari Ukrainada global kiberjinoyatchilikning asosiy platformalaridan biri hisoblangan rus tilidagi XSS.is hakerlik forumining ma’murini qo‘lga oldi.
Foto: AP
Yevropol Fransiya politsiyasi ko‘magida Ukrainada rus tilidagi XSS.is hakerlik forumining ma’murini qo‘lga oldi. 2013 yildan beri faol bo‘lgan XSS.is anonim forumi 50 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega va global kiberjinoyatchilik uchun eng muhim onlayn-resurslardan biri hisoblangan, deya ta’kidladi huquq-tartibot idoralari xodimlari.
XSS.is hakerlar tomonidan, xususan, hakerlik vositalari, o‘g‘irlangan ma’lumotlar va noqonuniy xizmatlarni sotish uchun foydalanilgan, deyiladi bayonotda.
Fransiya tomonidan 2021 yilda boshlangan uzoq muddatli tergov Ukraina va Yevropol bilan yaqin hamkorlikda olib borildi, deyiladi Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati bayonotida. Kiyevda XSS.is sayti ma’muri ekani aytilayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Qo‘lga olingan shaxs, Yevropol ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy faoliyatni tashkil qilishda asosiy rol o‘ynagan. U vositachi sifatida jinoyatchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilgan va bitimlar xavfsizligini kafolatlagan. Taxminlarga ko‘ra, u kiberjinoyatchilar uchun onlayn muloqotni ta’minlovchi thesecure.biz xizmatini ham boshqargan.
Mavzuga oid
09:35
Moskvaga dronlar bilan ommaviy hujumlar davom etmoqda
14:26 / 16.03.2026
Krasnodarda dronlar hujumi neft bazasida yong‘inga sabab bo‘ldi
13:56 / 16.03.2026
Zelenskiy Yaqin Sharq haqida: Ukraina Eron bilan urishmayapti
12:14 / 16.03.2026