Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili Fransiya qurolli kuchlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Fransiya Qurolli kuchlari vazirligining Xalqaro aloqalar va strategiya Bosh boshqarmasining Yevropa, Shimoliy Amerika va ko‘p tomonlama harakatlar xizmati rahbari Aleksandr Eskorsia boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: TIV
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, afg‘on inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar chegaralarni mustahkamlash, terrorizm va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga, qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi kurashish kabi sohalarda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligiga kelishib oldilar.
Aleksandr Eskorsia O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim rolini qayd etdi. Kelgusida ham samarali hamkorlik davom etishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
20:54 / 18.01.2026
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026