Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
2019 yilda tuzilgan shartnomaga muvofiq, «Turkmengaz» «Gazprom»ga yiliga 5,5 milliard kub metrgacha gaz yetkazib berib kelgan. Ushbu kelishuv muddati joriy yilning 30 iyun kuni tugagan. Tomonlar yoqilg‘ining yangi narxi bo‘yicha kelisha olmagani sabab yangi shartnoma tuzilmagan.
Foto: tca.gov.tm
«Turkmangaz» «Gazprom» bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirmadi. Tomonlar yoqilg‘ining yangi narxi bo‘yicha kelisha olmagan. Bu haqda «Turkmengaz» rahbari Maqsad Babayevga tayanib TASS xabar berdi.
«Shartnoma shartlariga muvofiq, 30 iyun sanasigacha narxlarni qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilgandi. Agar tomonlar narx bo‘yicha kelishuvga erishsa, shartnomani uzaytirish imkoni bor edi. Biz muzokaralar olib bordik, ammo tijorat masalasida umumiy kelishuvga erisha olmadik», deya ta’kidlagan Maqsad Babayev.
«Turkmengaz» rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ta’minotni boshlash, qayta tiklash yoki to‘xtatishning asosiy sharti shartnomaning tijorat qismidir.
Ma’lumot uchun, «Gazprom» 2019 yilda «Turkmengaz» bilan besh yil muddatga — 2024 yil 30 iyungacha tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. Unga ko‘ra, Turkmanistondan «Gazprom»ga yiliga 5,5 milliard kub metr gaz yetkazib berilishi kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:25 / 01.12.2025
Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib plastik pulni muomalaga kiritdi
20:26 / 24.11.2025
Turkmaniston g‘arbidagi ikkita suv ombori butunlay quridi
19:17 / 21.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani rad qilindi
17:31 / 18.11.2025