O‘zbekiston | 14:36 / 11.11.2024
10943
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga yetib bordi

Bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid