5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Yangiyer shahrida qurilish materiallari korxonasi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.
Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlik sub’yekti aniqlandi, «O‘zenergoinspeksiya» xabariga ko‘ra, tashkilotning viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda Yangiyer shahrida joylashgan «Y-Z.E.» MChJga qarashli qurilish materiallari ishlab chiqarish binosi ko‘zdan kechirilgan.
Aniqlanishicha, korxona hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Oqibatda gaz ta’minoti korxonasiga 5 milliard 25 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
08:10 / 07.12.2024
Uch hududda 700 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
10:53 / 06.12.2024
Putin RFga gaz uchun Gazprombank orqali to‘lash talabini bekor qildi
08:50 / 06.12.2024