Starlink uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa tashuvchisi global internet tarmog‘i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yana orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.
Falcon 9 raketa tashuvchisi Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmog‘i uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.
«20 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshi olib chiqilgani tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.
Raketa Kaliforniyadagi Vanderberg Kosmik kuchlari bazasida joylashgan SLC-4E start maydonchasidan uchirilgan. Taxminan bir soatdan keyin sun’iy yo‘ldoshlar tashuvchining ikkinchi pog‘onasidan ajralib, orbitaga chiqqan.
Uchirish doirasida tashuvchi raketaning ko‘p martalik birinchi pog‘onasi Tinch okeanidagi Of Course I Still Love You dron-plartformasiga sakkizinchi marotaba vertikal qo‘nishni amalga oshirdi.
2019 yil maydan beri Starlink loyihasi doirasida SpaceX kompaniyasi 7,3 mingta shu kabi sun’iy yo‘ldoshni uchirdi. Ularning bir qismi ishdan chiqqan yoki orbitada yo‘nalishini o‘zgartirgan bo‘lsa, 6,6 mingdan ziyod apparat esa hozirda soz holatda.
Avvalroq yuzdan ortiq koinot tadqiqotchilari AQSh federal hukumatiga murojaat qilib, SpaceX kompaniyasining minglab Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini koinotga uchirishga ruxsat berishdan avval ekologik baholash o‘tkazishni talab qilgandi. Ilon Mask kompaniyasi allaqachon Federal Aloqa Komissiyasidan 12 mingga yaqin sun’iy yo‘ldosh uchirishga ruxsat olgan — bu hozir Yer orbitasida mavjud boshqa jismlarning umumiy sonidan ikki baravar ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining dastlabki guruhlarini uchirganda jamoatchilik va ilmiy hamjamiyat tomonidan tanqidga uchragandi. Butun dunyo astronomlari sun’iy yo‘ldoshlarning yuqori nur qaytarish xususiyatiga e’tibor qaratgan, shu sababli kompaniya ularning yaltiroqligini kamaytirish uchun maxsus material bilan qoplashni boshlagan.
Mavzuga oid
21:22 / 21.12.2024
SpaceX raketasi Janubiy Koreyaning razvedka apparatini orbitaga uchirdi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:53 / 18.12.2024
Yaponiya sun’iy yo‘ldoshlar yuklangan birinchi to‘liq tijorat raketasini yana uchira olmadi
22:21 / 17.12.2024