Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
O‘quvchining onasi o‘qituvchi ayolni farzandini urganlikda ayblagan. Holat yuzasidan IIB tomonidan surishtiruv boshlangan.
Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchining onasi va o‘qituvchi ayol o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda o‘quvchining onasi maktabga borib, sinfda, o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘qituvchi ayolga tashlanganini ko‘rish mumkin. Ona o‘qituvchiga qarata «sen nega bolamni urding» degani, o‘qituvchi buni tan olmagani eshitiladi, so‘ngra ikkalasi ham bir-birining sochiga yopishib olgani, o‘quvchilar esa sinfdan qochib chiqqani ko‘rinadi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, videolavhada aks etgan voqea bundan bir oy muqaddam Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan va tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Xorazm viloyati IIBning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, maktab direktori holat yuzasidan 15 noyabr kuni xat bergan. Holat yuzasidan surishtiruv boshlangan.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi haqidagi qonun loyihasi 3 oy muddatda ishlab chiqiladi
22:34 / 03.03.2026
Pedofillar uchun umrbod qamoq jazosi taklifi prezident tomonidan ma’qullandi
11:21 / 25.02.2026
Ta’lim muassasalarida zo‘ravonlik holatlari: 6 pedagog ma’muriy javobgarlikka tortildi
15:27 / 16.02.2026