Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
21 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi amaldagi hukumat a’zolarining barchasini o‘z lavozimiga qayta ma’qulladi. Shu kuni bosh vazir va vazirlarni lavozimga tayinlash to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, Vazirlar Mahkamasining quyidagicha tarkibi o‘zgarishsiz qoldi:
— Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
— Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri;
— Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
— Zulayho Bahriddinovna Mahkamova – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
— Laziz Shavkatovich Qudratov – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
— Botir Erkinovich Zohidov – O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;
— Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri;
— Shavkat Rahimovich Hamroyev – O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri;
— Sherzod Saidjonovich Hidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;
— Ilhom Rustamovich Mahkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri;
— Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov – O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri;
— Bobur Farhodovich Islomov – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;
— Sherzod Hotamovich Shermatov – O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri;
— Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
— Asilbek Anvarovich Xudoyorov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri;
— Hilola O‘ktamovna Umarova – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
— Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
— Adham Ilhomovich Ikromov – O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri;
— Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri;
— Akbar Jo‘raboyevich Toshqulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri;
— Baxtiyor Odilovich Saidov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri;
— Abdulla Hamidullayevich Qo‘ldoshev – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri;
— Po‘lat Razzoqovich Bobojonov – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri;
— Bahodir Nizomovich Qurbonov – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.
Bir kun oldin bosh vazir Abdulla Aripov ham o‘z lavozimiga qayta tasdiqlangan edi.
Saylovdan keyin, shuningdek, Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Senat raisi Tanzila Norboyeva ham o‘z lavozimini saqlab qoldi.
Mavzuga oid
19:28 / 18.12.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi. Lekin bu ham yetarli emasligi aytilmoqda
14:14 / 18.12.2024
“Energetika sohasini subsidiyalash 2028 yildan to‘xtatiladi” – Jamshid Qo‘chqorov
18:33 / 26.11.2024
“Judayam murakkab savol” - Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshi haqida
17:11 / 26.11.2024