NASA yangi sun’iy yo‘ldoshi okean tubining eng batafsil xaritasini yaratdi
U ilgari noma’lum bo‘lgan yuzlab tepaliklar va suv osti vulqonlarini topdi.
2022 yil dekabr oyida uchirilgan NASA Surface Water and Ocean Topography (SWOT) sun’iy yo‘ldoshi Yer okeani tubini misli ko‘rilmagan batafsil xaritaga tushirdi. Bu tadqiqotchilarga qit’alar orasidagi chegaralarni o‘rganish va yangi suv osti obektlarini aniqlash imkonini berdi.
Ushbu sun’iy yo‘ldosh orqali atigi bir yillik kuzatishlar okean tubining topografiyasi haqida kemalar va eski transport vositalarining 30 yillik to‘plangan ma’lumotlariga qaraganda ko‘proq ma’lumot berdi.
SWOT okean oqimlariga ta’sir qiluvchi va biologik xilma-xillik markazlari bo‘lgan dengiz tog‘lari va vulqonlarni o‘rganish uchun birinchi imkoniyatni taqdim etdi. Ushbu tizim hatto balandligi 1000 metrdan past bo‘lgan kichik tosh shakllarini ham aniqlay oldi, bu ilgari deyarli imkonsiz bo‘lib tuyulardi.
Ma’lumotlar, shuningdek, jamoaga qirg‘oqbo‘yi hududlarida tektonik chegaralar va okean oqimlari xaritalarini batafsil ko‘rsatishga imkon berdi. Bu juda muhim, chunki okean oqimlari va suv toshqinlari ozuqa moddalari va cho‘kindilarni quruqlikdan okeanga olib boradi, bu biologik xilma-xillik va qirg‘oq ekologiyasiga ta’sir qiladi. Sun’iy yo‘ldosh tufayli okeanlarning geologik tarixini ham yaxshiroq bilib olish mumkin.
Suv osti obektlarini aniqlash uchun SWOT okean sathining balandligini o‘lchaydi, aslida u tekis emas. Tepaliklar va vulqonlar kabi suv osti obektlarining tortishish kuchi ularning tepalarida suv to‘planib, o‘ziga xos balandliklarni hosil qiladi. Ularning balandligini o‘lchash suv yuzasi ostida nima yashiringanini aniqlash imkonini beradi.
Uch yillik missiyaning qolgan davrida SWOT dengiz oqimlari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash va okean tubining xaritasini tuzishda davom etadi. Bundan tashqari, global miqyosda chuchuk suv mavjudligini baholash uchun foydalanish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:14 / 12.12.2024
AQSh 2026 yilda Yer orbitasidagi obektlarni kuzatish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchiradi
17:39 / 06.12.2024
Eron harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
21:48 / 03.12.2024
Yevropa Ittifoqining aerokosmik kompaniyalari Starlink’ka raqobatchi yaratmoqchi
13:48 / 02.12.2024