O‘zbekiston elchisi Shvetsiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida turli yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ishbilarmonlar o‘rtasida muloqotni rag‘batlantirish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish va "yashil" iqtisodiyot, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari alohida urg‘ulandi.
Elchi Rahmatulla Nurimbetov 15 oktyabr kuni Shvetsiya poytaxtiga tashrif buyurgan edi.
U Stokholmga tayinlanishidan avval 2023-2024 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024 yillarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G‘aniyev o‘rniga tayinlangan.
Mavzuga oid
11:10 / 28.11.2024
Shvetsiyadagi sammit ishtirokchilari RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor
22:14 / 19.11.2024
Shvetsiya prokuraturasi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan kabellarga shikast yetkazilishini qo‘poruvchilik deb baholadi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024