RF Damashqdagi xorijiy vakolatxonasi xodimlarining bir qismini olib chiqib ketdi
HKK Damashqdagi Rossiya xorijiy vakolatxonasi xodimlarining bir qismini maxsus reysda olib chiqib ketdi, deb xabar qildi Rossiya TIV inqiroz markazi.
Rossiya Mudofaa vazirligining Havo-kosmik kuchlari (HKK) Damashqdagi Rossiya xorijiy vakolatxonasi xodimlarining bir qismini maxsus reys bilan olib chiqib ketdi. Bu haqda 15 dekabr, yakshanba kuni Telegramʼda Rossiya TIVning Vaziyatlar va inqirozlar markazi departamenti ma’lum qildi.
Parvoz 15 dekabr kuni Xmeymim aviabazasidan Moskva oblastidagi Chkalovskiy aerodromiga amalga oshirilgan. Vaziyatlar va inqirozlar markazi departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus, Shimoliy Koreya va o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Abxaziya Respublikasining «diplomatik vakolatxonalari xodimlari» ham evakuatsiya qilingan.
«Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi ishi davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
Rossiya Suriyaga bug‘doy eksportini to‘xtatdi
Prezident Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Rossiya Suriyaga bug‘doy yetkazib berishni to‘xtatdi. 13 dekabr kuni Reuters agentligi Rossiya va Suriya manbalariga tayanib, rossiyalik eksportyorlar yangi hukumatga oid noaniqlik va to‘lovlar kechikishi mumkinligidan xavotirda ekanini yozdi.
«O‘ylaymanki, hozirgi sharoitda hech kim Suriyaga bug‘doy yetkazib berishga jur’at eta olmaydi», dedi Reuters agentligiga rossiyalik manba.
Mavzuga oid
13:10 / 16.12.2024
RF TIV Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirgan GFR elchisini tanqid qildi
14:24 / 14.12.2024
RFga qarshi yangi sanksiyalar rejimi: YeI shaxslar ro‘yxatini tayyorladi
09:21 / 14.12.2024
RF G‘arbiy Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng yirik hujumni amalga oshirdi
08:01 / 14.12.2024