O‘zbekiston va Polsha mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha milliy mudofaa vazirining o‘rinbosari Pavel Beyda bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Vazir o‘rinbosari Pavel Beyda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratish muhimligini va Polsha O‘zbekistonning mudofaa salohiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyorligini ta’kidladi.
Tomonlar, shuningdek, ikki mamlakat aloqalarini mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Uchrashuv yakunida, Polshaning xorijiy sheriklar, shu jumladan, O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishi mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.
Mavzuga oid
22:17 / 25.12.2024
Finlandiya bir haftada 280 ming harbiyni safarbar etishga tayyor
12:10 / 25.12.2024
Sobiq isyonchi guruhlar Suriya Mudofaa vazirligini nazorat qilmoqchi
23:01 / 24.12.2024
Polsha maktablarida o‘q otish bo‘yicha majburiy mashg‘ulotlar joriy etiladi
00:37 / 24.12.2024