Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 dekabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan yana telefonda muloqot qildi. Unda davlat rahbarlari Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyotining halokati bilan boğliq turli masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Interfaks» naşriga ma’lum qildi. U suhbat tafsilotlarini keltirmadi.

Putin matbuot kotibining bayonoti Ilhom Aliyevning Ozarboyjon televideniyesiga bergan intervyusi fonida paydo böldi. Unda Aliyev aviahalokatdan keyingi dastlabki kunlarda «Rossiyadan yolğondan boşqa heç narsa eşitmaganini» ta’kidlagan. U, şuningdek, Moskvadan Ozarboyjon samolyotining halokati uçun javobgarlikni tan oliş, aybdorlarni jazolaşni va tovon tölaşni talab qildi.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev matbuot xizmati ham Putinning qönğiroği haqida xabar berdi. Unda ta’kidlanişiça, davlat rahbarlari Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyotining halokati bilan boğliq turli masalalarni muhokama qilgan.

Bir kun avval, 28 dekabr kuni ham Putin va Aliyev telefon orqali suhbat qilgan va qönğiroq Rossiya tomoni taşabbusi bilan bölgani aytilgan edi.

Kreml xabariga köra, Putin «fojiali voqea Rossiya havo hududida yuz bergani» uçun Aliyevdan uzr söragan.

Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, «Putin AZAL samolyotiga Rossiya havo hududida fizik va texnik ta’sir bölgani uçun uzr söradi».