«Aeroflot» samolyoti Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
«Aeroflot» aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining Farg‘ona – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha SU1971 reysini amalga oshirayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Ekipaj muqobil aerodromga borishga qaror qildi.
Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan 22:11 da poytaxtga kelib qo‘ndi. Samolyotdan yo‘lovchi (1954 yilda tug‘ilgan ayol) va uning yuklari tushirilgach yo‘lovchi insult gumoni bilan Toshkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizildi.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 23:02 da Moskvaga uchdi.
Mavzuga oid
16:46 / 31.12.2024
Qozog‘istonda qulagan Ozarboyjon samolyoti: Rossiyaning xatosi nimada?
22:40 / 28.12.2024
Oqtovda qulagan samolyot yagona hodisa emas – Embraer E190 bilan sodir bo‘lgan halokatlar
01:14 / 07.12.2024
«Aeroflot» eski samolyotlarni ehtiyot qismlari uchun sotib olmoqda
18:57 / 04.12.2024