Blinken: Xitoy Rossiyani yadroviy qurol qo‘llashdan qaytargan
AQSh davlat kotibining aytishicha, mamlakat rasmiylariga Putin yadro qurolidan foydalanish variantini ko‘rib chiqayotgandek tuyulgan. Ammo Pekin Moskvani ogohlantirganidan keyin Rossiya Ukrainaga qarshi yadroviy qurol qo‘llash fikridan qaytgan.

Foto: AFP
AQSh Rossiya Ukrainaga qarshi urush fonida yadroviy quroldan foydalanishi mumkinligidan «juda xavotirlangan». Bu haqda Davlat kotibi Entoni Blinken Financial Times’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh rasmiylariga Vladimir Putin yadro qurolidan foydalanish variantini ko‘rib chiqayotgandek tuyulgan. «Agar ehtimollik 5 dan 15 foizga oshganida ham — bu juda jiddiy», degan Blinken Vashington Putinning tahdidlarini qanchalik jiddiy qabul qilgani to‘g‘risidagi savolga javoban.
AQSh davlat kotibining aytishicha, Pekin Moskvani qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, yadro qurolidan foydalanish ehtimoli masalasida Xitoy AQShga yordam bergan.
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonda XXR hukumati rossiyaliklar bilan bog‘lanib, ularni yadroviy quroldan foydalanish xavfidan ogohlantirgan, deya «hisoblashga asos bor». AQSh davlat kotibining fikricha, bu Vashington Pekinni Moskva yadroviy qurolni kosmosga joylashtirmoqchi ekani haqidagi rejalaridan xabardor qilganidan keyin sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
«Bizda Xitoy Rossiya bilan bog‘lanib, «bu ishni qilmanglar», deganiga ishonishimiz uchun asos bor», — deydi Blinken.
Financila Times’ning qayd etishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyev so‘ragan ayrim turdagi qurollarni berishdan bosh tortishiga Rossiya—Ukraina urushi eskalatsiyasi xavfi sabab bo‘lgan.
Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlaganidan beri Kreml bir necha bor Ukraina va G‘arbga yadroviy quroldan foydalanish bilan tahdid qildi. 2024 yil boshida Amerika OAVda Rossiya hukumati 2022 yil oxirlarida Ukrainaga yadroviy zarba berish masalasini muhokama qilgani to‘g‘risida xabarlar chiqdi. Xususan, bu haqda CNN telekanali AQShdagi yuqori martabali amaldorlarga tayanib xabar berdi.
O‘tgan yilning dekabri boshlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Oreshnik» raketasi paydo bo‘lishi bilan yadro qurolidan foydalanish zarurati sezilarli darajada kamayganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurol tizimlari mudofaa muammolarini hal qilishda yadroviy imkoniyatlar o‘rnini bosadigan darajada kuchli. Endi yadroviy doktrinani takomillashtirish emas, balki «Oreshnik»ni mukammallashtirish kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi
Jahon | 01:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34 / 15.03.2025
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:02 / 15.03.2025