AQSh Yevropani Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga ko‘ndirishga urinmoqda
Jo Bayden administratsiyasi Rossiyaning muzlatilgan 300 mlrd dollarga yaqin aktivlaridan Moskvaga qarshi bosim o‘tkazishda foydalanish taklifini ilgari suryapti. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi ham mazkur g‘oyani qo‘llab-quvvatladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden administratsiyasi yevropalik ittifoqchilarni Rossiyaning muzlatilgan 300 milliard dollarga yaqin aktivlarini musodara qilishga va ulardan Moskvaga bosim o‘tkazishda foydalanishga ko‘ndirish uchun so‘nggi sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda, deb xabar beradi CNN.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden prezidentligining so‘nggi kunlarida uning yordamchilari ittifoqchilarga muzlatilgan Rossiya aktivlarini maxsus hisobraqamga o‘tkazishni taklif qilgan. Moskva u yerdan o‘z mablag‘larini faqat Kiyev bilan tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishsagina qo‘lga kirita oladi.
Bayden administratsiyasi amaldorlari ushbu g‘oyani AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan ham muhokama qilgan va ular buni qo‘llab-quvvatlagan.
O‘z navbatida Yevropa davlatlari mazkur taklifga shubha bilan qaramoqda, shu bois Tramp lavozimga kirishgunga qadar biror-bir bitim imzolanish ehtimoli juda kam. Saylangan prezidentning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Yevropaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri musodara xalqaro huquqlar buzilishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda ekanini bildirgan.
Bundan tashqari, Bayden ushbu g‘oyani Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Italiya yetakchilari bilan 9 yanvar kuni Rimda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muhokama qilmoqchi bo‘lgan. Ammo u Kaliforniyadagi yong‘inlar sabab safarini bekor qilgandi. 10 yanvar kuni Bayden va Zelenskiy telefon orqali muloqot qilgan, biroq ular RFning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishni muhokama qilgan yoki qilmagani noma’lum.
2022 yilda Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin g‘arb davlatlari Rossiyaning 300 milliarddan ziyod suveren aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Mablag‘larning katta qismi Yevropa depozitariylarida saqlanadi.
Ukrainaning g‘arbdagi ittifoqchilari urush boshlanganidan beri muzlatilgan Rossiya mablag‘larini musodara qilish va ularni Kiyevga yordam uchun yo‘naltirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. 2024 yilda «Katta yettilik» davlatlari bilvosita musodara qilish mexanizmi bo‘yicha kelishib oldi: Ukraina Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromad evaziga 50 milliard dollar kredit olishni boshladi.
Tavsiya etamiz
Kim g‘olib: Isroil yoki Hamas?
Jahon | 19:31 / 17.01.2025
Koreyslar Kurskda shiddat bilan urushmoqda. Nega?
Jahon | 23:55 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyati binosida “Samarqand burchagi” tashkil etildi
Jamiyat | 13:22
-
APLda chempionlik poygasi tugamoqda, «Barsa» noqulay raqibini yana yenga olmadi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:10
-
Qoraqalpog‘istonda mashina gaz quvurga urilib, unga shikast yetkazdi
Jamiyat | 12:06
-
Jyekson-Venik tuzatishi: uni bekor qilish AQSh–O‘zbekiston aloqalarida nimani o‘zgartiradi?
Jahon | 11:58
Mavzuga oid
19:08 / 17.01.2025
Bayden giyohvand moddalar ishi bo‘yicha qamalgan qariyb 2,5 ming kishining jazosini yengillashtirdi
22:56 / 16.01.2025
“Oligarxiya – erkinligimizga tahdid” - Bayden xayrlashuv nutqini so‘zladi
09:52 / 16.01.2025
Jo Bayden xayrlashuv nutqida: AQShda oligarxiya shakllanmoqda
08:16 / 14.01.2025