Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
U kredit olishda ko‘maklashish uchun pora olayotganida ushlangan. Sud uni axloq tuzatish ishlariga hukm qilgan.
Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida hokim yordamchisi 33 mln so‘mlik kreditdan ikki marta olib berish evaziga 4,5 mln so‘m pora olayotganda ushlandi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, «Yakkaterak» mahallasida ishlagan hokim yordamchisi fuqaroga 33 mln so‘mlik imtiyozli kreditdan ikki marta olib berishni va’da qilgan. Evaziga undan 4,5 mln so‘m pora olayotganida ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tumani sudi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 45-moddasi qo‘llanib, 168-moddasi (firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda) 3-qismi «v» bandi bilan 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llangan.
Shuningdek, unga rahbarlik va moddiy javobgarlik talab etiladigan lavozimlarida ishlash taqiqlanib, daromadining 20 foizi ushlab qolinishi belgilangan.
Mavzuga oid
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
08:49 / 30.12.2025