2024 yil 20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida qatnaşgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ijro etuvçi hokimiyat organlari qarorlar qabul qilişda qonuniylikni, ularning asoslangan bölişi kerakligini aytgan edi. Şuningdek, davlat rahbari keyingi vaqtlarda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatçilik bilan maslahat qilişda qonunlarda belgilangan talablarga hamişa ham rioya etilmayotganiga e’tiroz bildirgandi.

Majlisda prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Adliya vazirligiga bir oy muddatda bu masala böyiça takliflarni Qonunçilik palatasining tegişli qömitasi bilan birga muhokama qiliş va hukumatga kiritiş topşiriği berilgan edi.

Şuningdek, prezident hukumatning qonunçilik taşabbusi bilan Qonunçilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari sifatini oşiriş ham dolzarb masala bölib turganini qayd etgan edi.

Kun.uz uşbu topşiriq ijrosi yuzasidan Adliya vazirligidan izoh söradi. Vazirlik matbuot xizmati xodimi Anasxon Hamdamovning ma’lum qilişiça, yuqoridagi topşiriq böyiça “loyiha mavjud, lekin hali hujjat çiqmagan”.

Loyiha hozir qaysi bosqiçda ekani, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgani yoki yöqligi haqida ma’lumot berilmadi. Şuningdek, loyiha Qonunçilik palatasi bilan muhokama qilingani borasida ham aniq ma’lumot yöq.

NHH loyihalarining jamoatçilik muhokamalari böyiça hozirgi qonunçilikda nima deyilgan?

Aslida 2018 yildagi qaror bilan, barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani işlab çiquvçi taşkilotlar tomonidan regulation.gov.uz portalida jamoatçilik muhokamasi ötkaziş uçun joylaştirilişi lozimligi belgilangan edi. Lekin fuqarolik jamiyatining muhim tartiblaridan biri 4 yilga qolmay ança zaiflaşgan.

Xususan, 2022 yil mart oyidan hujjatga özgartiriş kiritilib, undagi “barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari” sözlari “muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida” sözlari bilan almaştirilgan.

Öşanda Adliya vazirligi bu masala ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinib, jamoatçilik öz e’tirozlarini bildira boşlamaguniça bu haqda öz resurslarida xabar ham bermagan edi.