Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni ma’lum qilindi
O‘tgan yilda havo transportida tashilgan yo‘lovchilar soni 781 ming nafarga, temiryo‘lda tashilgan yo‘lovchilar soni 177,1 ming nafarga oshgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Statistika agentligi 2024 yilda O‘zbekiston bo‘yicha havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar sonini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2024 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha havo transporti orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni 6 mln nafarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 14,9 foizga yoki 781 ming nafar yo‘lovchiga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:
2020 yil – 868,9 ming nafar
2021 yil – 2 982,0 ming nafar
2022 yil – 4 086,1 ming nafar
2023 yil – 5 258,0 ming nafar
2024 yil – 6 039,0 ming nafar.
Shuningdek, 2024 yilda temiryo‘l transportida 9 mln 803,6 ming yo‘lovchi jo‘natilgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming nafar yo‘lovchiga ko‘paygan bo‘lib, o‘sish sur’ati 101,8 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026