Statistika agentligi 2024 yilda O‘zbekiston bo‘yicha havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar sonini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha havo transporti orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni 6 mln nafarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 14,9 foizga yoki 781 ming nafar yo‘lovchiga oshgan.

Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:

2020 yil – 868,9 ming nafar

2021 yil – 2 982,0 ming nafar

2022 yil – 4 086,1 ming nafar

2023 yil – 5 258,0 ming nafar

2024 yil – 6 039,0 ming nafar.

Shuningdek, 2024 yilda temiryo‘l transportida 9 mln 803,6 ming yo‘lovchi jo‘natilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming nafar yo‘lovchiga ko‘paygan bo‘lib, o‘sish sur’ati 101,8 foizni tashkil etgan.