O‘zbekiston afg‘on uchuvchilari olib o‘tgan vertolyotlarning bir qismini AQShga qaytargani ma’lum bo‘ldi
2021 yil avgust oyida afg‘on uchuvchilari «Tolibon» ta’qibidan qochib, bir qancha samolyot va vertolyotlarda O‘zbekiston va Tojikistonga o‘tgan edi. Ushbu texnikalardan 7 ta Black Hawk vertolyoti O‘zbekiston tomonidan allaqachon Qo‘shma Shtatlarga qaytarilgan. O‘nlab boshqa texnikalar O‘zbekistonda qoldirilgan.

Foto: Staff Sgt. Clayton Cupit/Air Force
2021 yil avgust oyida afg‘on uchuvchilari tomonidan O‘zbekistonga olib o‘tilgan vertolyotlarning bir qismi AQShga qaytarildi. Bu haqda 31 yanvar kuni O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida mamlakat Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbir haqida so‘zlagan Amerika Ovozi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 7 ta Black Hawk vertolyoti allaqachon Qo‘shma Shtatlarga berilgan.

Tadbirda O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov, AQSh Mudofaa vaziri yordamchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Devis Florrik, Pentagon shtab boshliqlari qo‘mitasidan kontr-admiral Erin Osborn ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari bilan razvedka sohasida hamkorlik Pentagon tomonidan butun mintaqa tinchligiga sarmoya sifatida qaralishi, harbiy mashg‘ulotlar, o‘quv mashg‘ulotlari, chegara xavfsizligi, narkotiklarga qarshi kurash va razvedka kabi sohalarda hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi.
2021 yil avgust oyida «Tolibon» harakati poytaxt Kobul tomonga shiddat bilan yurish qilganida afg‘on uchuvchilari Afg‘oniston harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot va vertolyotlarda o‘z xizmatdoshlari va oilalarini O‘zbekiston va Tojikistonga evakuatsiya qilgan edi. Bu texnikalar bir vaqtlar Vashington tomonidan afg‘on armiyasiga topshirilgan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, olib o‘tilgan harbiy havo kemalarining 46 tasi O‘zbekistonda, 18 tasi Tojikistonda.
2022 yil aprelida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev vertolyot va samolyotlarni Amerika rasmiylariga qaytarish rejasi borligini ma’lum qildi. «Bu qaror butunlay Vashingtonga bog‘liq», degan edi u.
«Tolibon» vakillari hukumatni egallagach, «o‘g‘irlab ketilgan» samolyotlar va vertolyotlar afg‘on xalqining mulki sifatida Afg‘onistonga qaytarilishi kerakligini ta’kidladi.
2021 yil sentabrida AQSh Afg‘onistondagi terrorizmga qarshi kurashda yordam ko‘rsatish evaziga vetolyot va samolyotlarni topshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston bilan muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘ldi.
2025 yil 31 yanvar kuni Vashingtondagi elchixonada bo‘lib o‘tgan tadbirda AQSh O‘zbekistonga o‘nlab afg‘on samolyotlari va vertolyotlarini qoldirgani ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirishga intilyapti
Jahon | 13:53
-
AQSh Rossiya bank sektori va neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi
Jahon | 13:52
-
Tramp bayonotidan rozi Falastin, Putinning otashkesim shartlari va Ozarboyjon takliflarini qabul qilgan Armaniston - kun dayjesti
Jahon | 13:51
-
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi
Jahon | 13:46
Mavzuga oid

13:52
AQSh Rossiya bank sektori va neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi

09:41
Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olishiga ishonyapti

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025