Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada narkolaboratoriya fosh etildi
Marg‘ilon shahrida yashovchi 3 nafar shaxs Farg‘ona tumani Mindonobod mahallasidagi uylardan birini ijaraga olib, u yerda giyohvandlik vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanib kelishgan. Tezkor tadbirda qariyb 9,2 mlrd so‘mlik sintetik narkotik moddalar olingan.

Foto: Videodan kadr
Narkolaboratoriya Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1990 va 2001 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs Farg‘ona tumani Mindonobod mahallasidagi uylardan birini har oyda 250 AQSh dollari to‘lash sharti bilan ijaraga olishgan. Ular xonadonda giyohvandlik vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanib kelishgan.
Ko‘zdan kechirish davomida, ushbu manzildan 8 kg 185 gr Alfa-PVP, 4 kg 209 gr “Spays”, 427 gr “Mefedron” sintetik narkotik moddalari hamda ularni tayyorlashda kerak bo‘ladigan 12 kg 326 gr maxsus suyuqlik va 13 kg 925 gr tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida olingan jami 12 kg 821 gr sintetik narkotik moddalarning qora bozordagi bahosi 9 mlrd 185 mln so‘mni tashkil etadi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, qonunbuzarlar internet tarmog‘i orqali giyohvandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari tomonidan “zakladka” usulida yetkazib berilgan xomashyo mahsulotlari asosida narkotik moddalar tayyorlab, viloyat bo‘yicha belgilangan xufiya joylarga qoldirib, ularning geolokatsiyasini jinoiy guruh a’zolariga yuborib turishgan.
Buning evaziga uchala shaxsning har biri haftasiga kriptovaluta ko‘rinishida 500 AQSh dollaridan maosh olgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga to‘xtatiladi
Jahon | 09:37
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
-
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas
Jahon | 08:59
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
Mavzuga oid

11:16 / 26.07.2025
Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

15:01 / 25.07.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

13:27 / 23.07.2025