Jamiyat | 08:41 / 13.03.2025
1575
1 daqiqa o‘qiladi

Qushbegi dahasidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi 

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi. 

Foto: FVV

FVB ma’lum qilishicha, 12 mart kuni soat 17:42 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Qushbegi dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:48 da yetib borib, yong‘in soat 17:57 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar