Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi
Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi va hududiy jamoatchilik kengashlarining yangilangan (namunaviy) tarkibini davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda tasdiqlaydi.
«O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari deb qayta nomlanadi.
Vazirlar Mahkamasi Qo‘mita huzuridagi jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi va hududiy jamoatchilik kengashlarining yangilangan (namunaviy) tarkibini davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda tasdiqlaydi.
Qo‘mita huzuridagi jamoatchilik kengashi maslahat-kengash organi hisoblanib, Qo‘mitaga yuklangan vazifa va majburiyatlarning bajarilishiga ko‘maklashadi.
Qo‘mita «Vatandoshlar» jamoat fondi, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlariga doimiy ravishda axborot, maslahat, tashkiliy va uslubiy jihatdan ko‘maklashib boradi.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026