«Özbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömita töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri, tuman (şahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta’minlaş böyiça jamoatçilik kengaşlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlaş böyiça jamoatçilik kengaşlari deb qayta nomlanadi.

Vazirlar Mahkamasi Qömita huzuridagi jamoatçilik kengaşining yangilangan tarkibi va hududiy jamoatçilik kengaşlarining yangilangan (namunaviy) tarkibini davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda tasdiqlaydi.

Qömita huzuridagi jamoatçilik kengaşi maslahat-kengaş organi hisoblanib, Qömitaga yuklangan vazifa va majburiyatlarning bajarilişiga kömaklaşadi.

Qömita «Vatandoşlar» jamoat fondi, milliy madaniy markazlar va döstlik jamiyatlariga doimiy ravişda axborot, maslahat, taşkiliy va uslubiy jihatdan kömaklaşib boradi.