Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ummon O‘zbekiston ta’lim sohasiga grant ajratish imkonini o‘rganyapti
O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tariladi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Ummon oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya vaziri Rahma bint Ibrohim al-Maxruqiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ummon Oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, vazirliklar o‘rtasida anglashuv memorandumni ishlab chiqish va imzolash, delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari olimlari ishtirokida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston ta’lim sohasiga grant ajratish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
09:39 / 31.12.2025
Nodavlat maktablarda o‘qiydiganlar ulushi 3 baravar oshiriladi
09:33 / 31.12.2025
Har yili 600 nafar chet ellik “til egasi” bo‘lgan mutaxassis ta’limga jalb etiladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
21:54 / 25.12.2025